6 Mart 2020 yil 762

Fargʼonada yoʼl-transport hodisasi sodir boʼldi, qurbonlar bor

     2020 yil 06 mart kuni soat taxminan 08:00da, Fargʼona shahar Quva koʼchasida 62 yoshli fuqaro S.C., oʼz boshqaruvida boʼlgan, “ISTANA” rusumli mikroavtobusni Fargʼona shahar markazi tomondan, Quva tumani markazi tomonga boshqarib ketayotgan paytda, shu koʼchadagi 234-uy oldida, qarama-qarshi yoʼnalishga chiqib ketib, qarshisida harakatlanib kelayotgan 21 yoshli fuqaro F.S., boshqaruvidagi “LACETTI-2” rusumli hamda uning ortidan harakatlanib kelayotgan 27 yoshli D.N., boshqaruvida boʼlgan “NEXIA-1” rusumli avtomashinalar bilan toʼqnashib ketgan.   
      Oqibatda, “NEXIA-1” rusumli avtomashina haydovchisi D.N., “ISTANA” rusumli mikroavtobus haydovchisi S.S., Fargʼona viloyat tez-tibbiy yordam koʼrsatish markazining jonlantirish boʼlimida vafot etgan.Bundan tashqari, YTH vaqtida mashinalarda boʼlgan 5 nafar shaxslar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan Fargʼona shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʼlimi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, dastlabki tergovga kirishilgan.

       Fargʼona viloyati IIB marhumlarning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildiradi.

       Shu oʼrinda haydovchilardan yoʼllarda hushyorlikni oshirishni hamda yoʼl-xarakati qoidaliga ogʼishmay amal qilishlarini soʼrab qolamiz.

       UNUTMАNG! HURMАTLI HАYDOVChI SIZNI UYDА YaQINLАRINGIZ KUTMOQDА.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

 

Text to speech