29 Yanvar 2020 yil 1263

Fargʼonada yoʼl-patrul xizmati inspektoriga pora taklif qilgan fuqaro qoʼlga olindi. Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Joriy yilning 27 yanvar kuni Fargʼona viloyati IIB yoʼl-harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX inspektori viloyat IIB boshligʼi nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 09:20larda Margʼilon shahrida yashovchi 37 yoshli fuqaro R.T. boshqaruvidagi “VАZ-2106” rusumli avtomashinasini Fargʼona shahar Аeroport koʼchasida hech qanday xujjatlarsiz boshqarib kelganligini aniqlab, unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, avtomashinani jarima maydoniga joylashtirganligini, biroq u fuqaro R.T.,ga nisbatan qonuniy chora koʼrmaslik va avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish evaziga dastlab 200.000 soʼm, keyinchalik esa 500.000 soʼm pullarni pora tariqasida taklif qilayotganligini bildirib, R.T.,ga nisbatan qonuniy chora koʼrishni soʼragan.

Mazkur bildirgi asosida, 27 yanvar kuni soat 15:30da Oʼzbekiston Respublikasi IIV Oʼz xavfsizlik boshqarmasi Fargʼona viloyati boʼyicha boʼlimi, viloyat IIB JQB KvaIJQKB hamda IJQKD Fargʼona viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro R.T. Fargʼona shahar Аeroport koʼchasida joylashgan jarima maydoni oldida, xizmatda foydalanish uchun biriktirilgan “Lacetti” rusumli avtomashinasi ichida YPX inspektoriga 500.000 soʼm pullarni bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlangan va R.T.dan 10 dona 50.000 soʼmlik kupyuralik jami 500.000 soʼm miqdoridagi pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan IJQKD Fargʼona viloyati boʼlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech