4 Dekabr 2021 yil 747

Fargʻonada xorijiy tajribaning ilgʻor na’munalari oʻzlashtirilmoqda

Yurtimizda “Yangi Oʻzbekiston – yangi ichki ishlar organlari” tamoyili asosida sohani rivojlantirish, jahon standartlariga javob beradigan zamonaviy tuzilmaga aylantirish buyicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 8-12-noyabr kunlari Ichki ishlar vazirligi hamda uning hududiy ichki ishlar boshqarmalari mas’ullaridan iborat guruhining Turkiya politsiya akademiyasida malaka oshirib qaytganligi ayni islohotlar sirasiga kiradi.

Politsiya akademiyasidagi oʻquv jarayonida Fargʻona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Azamat Kozimov ham ishtirok etdi.

Kuni kecha Tergov boshqarmasida videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan oʻquv seminarida A.Kozimov tomonidan soha xodimlariga Turkiya politsiyasining kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikni aniqlash, fosh etish va tergov qilishdagi oʻziga xos tajribasi, mazkur jarayonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash tartibi haqida tushunchalar berildi.

Xorij tajribasining yangi qirralarni tegov amaliyotlarida qoʻllash boʻyicha taklif va tavsiyalari bilan oʻrtoqlashdi.

Oʻquv mashgʻuloti davomida ishtirokchilar Turkiya politsiyasining tuzilishi farqli jihatlari haqida oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech