27 Fevral 2020 yil 658

Fargʼonada piyodalar yoʼlaklari va avtomashinalar harakatiga xalaqit beradigan joylarga avtomashinasini qoldirib ketgan haydovchilarga maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Yoʼl harakati qoidalarning 91-bandida transport vositasi svetofor ishoralari, yoʼl belgilarini boshqa haydovchilardan toʼsib qoʼyadigan, boshqa transport vositalarining harakatlanishiga (kirish va chiqishiga) imkon qoldirmaydigan yoki piyodalarning harakatiga xalaqit beradigan joylarda toʼxtab turishi taqiqlanadi deya koʼrsatib qoʼyilgan. 
Аyrim haydovchilar mana shunday tartib qoidalarni pisand qilmasligi yoki bilmasligi oqibatida ham turli koʼngilsiz holatlar kelib chiqadi.
Viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan oʼtkazilgan tadbirlar jarayonida Fargʼona shahrining "Oʼzbekiston ovozi", "Sanoat", "B.Margʼinoniy", "Oq yoʼl" koʼchalarida toʼxtash va toʼxtab turish qoidalariga amal qilmasdan avtomobilini piyodalar va boshqa avtotransport vositalariga xalaqit beradigan joylarga, piyodalar yoʼlaklariga toʼxtatib qoʼygan haydovchilarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 
Hurmatli harakat ishtirokchilari yoʼl harakati qoidalariga ogʼishmay amal qiling!

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech