25 Avgust 2023 yil 714

Fargʻonada mohir ekspertlar bellashdi

Fargʻona viloyati ichki ishlar organlarida xizmat kilayotgan ekspert-kriminalistika xizmati xodimlari oʻrtasida “Eng yaxshi ekspert-kriminalist” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Ishtirokchilar uchta shart asosida bellashdi. Dastlab sohaga doir savollarga javob berib, oʻz bilimini sinovdan oʻtkazishgan boʻlsa, qurollarni toʻliqsiz qismlarga ajratish va yigʻish sharti orqali jangovar shayliklarini namoyish etdilar. Soʻngi bosqichda ishtirokchilar bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etildi.

Tanlov yakunida birinchi oʻrinni Fargʻona viloyati IIB EKM bosh eksperti, podpolkovnik Nodir Abdunazarov qoʻlga kiritdi. Ikkinchi oʻrin ikkinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi ekspert-kriminalistika boʻlimi bosh eksperti, katta leytenant Ma’rufjon Turgʻunboyevga nasib etgan boʻlsa, Margʻilon shahar IIB ekspert-kriminalistika guruhi katta eksperti Tohirxon Ibrohimov uchinchi oʻrin sohibiga aylandi.

Endilikda birinchi oʻrinni qoʻlgan kiritgan ishtirokchi tanlovning respublika bosqichida qatnashadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech