Fargʻona viloyatining ikki tumanida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi
31-oktabr kuni Uchkoʻprik tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismida (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.X.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismida (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oʻzbekiston tumani IIB xodimlari huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan U.M.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati