23 Oktyabr 2021 yil 436

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

22-oktabr kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 246-moddasi 1-qismida (kontrabanda) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan Gʻ.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Rishton tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.B.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech