15 Yanvar 2022 yil 470

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi 2 nafar shaxslar qoʻlga olindi

14.01.2022-yil kuni Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan S.E.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, VIIB IIB Transportda XTB va TvaEQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismida (bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.S.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech