18 Dekabr 2021 yil 284

Fargʻona viloyatida uch nafar qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

17-dekabr kuni Fargʻona viloyati IIB YXXB 2-Mintaqa 2-guruh YPX komandiri va Oʻzbekiston tumani IIB JQB xodimlari hamkorlikda Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan X.R.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Qoʻshtepa tumani IIB IIB MvaFRB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan X.S.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB 2-batalon 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan J.X.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.


Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech