22 Aprel 2022 yil 544

Fargʻona viloyatida tergovdan yashiringan shaxslar qoʻlga olindi

21-aprel kuni Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Furqat tumani IIB JQB va Probatsiya guruhi xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Furqat tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan T.O.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech