1 Aprel 2022 yil 539

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

31-mart kuni Fargʻona viloyati IIB YHXB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan N.D ismli ayolni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Margʻilon shahar IIB JQB va viloyat IIB 1-Mintaqaviy hudud PPX 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.A.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Margʻilon shahar IIB JQB va YHXB xodimlari Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.R.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech