20 May 2022 yil 355

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

 

19-may kuni Fargʻona viloyati IIB TvaEQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan A.K.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB 1-mintaqaviy xudud PPX 1-batal’oni 1-gurux xodimlari Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan A.X.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech