12 Oktyabr 2021 yil
501
Fargʻona viloyatida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi
11-oktabr kuni Qoʻqon shahar IIO FMB va Fargʻona viloyati Milliy gvardiya boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan S.S.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan Q.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati