Fargʻona viloyatida qidiruvdagi 3 nafar shaxslar qoʻlga olindi
14-aprel kuni Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan T.Z.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oltiariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Ch.X.ni qoʻlga olishdi.
Bundan tashqari, Fargʻona viloyati IIB TEQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.E.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati