24 Sentyabr 2021 yil 389

Fargʻona viloyatida qidiruvda boʻlgan ikki erkak va bir nafar ayol qoʻlga tushdi

23.09.2021-yil kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 277-moddasi 1-qismida (bezorilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan B.K.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Quvasoy shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan Q.I.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Furqat tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan Q.Z ismli ayolni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech