27 Aprel 2022 yil 376

Fargʻona viloyatida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

26-aprel kuni Fargʻona viloyati IIB JQB va Fargʻona viloyati IIB Transportda XTB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan O.B.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Oltiariq tumani IIB JQB va HPB xodimlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.F.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech