Fargʼona viloyatida kissavurlik bilan bogʼliq holatlar yuzasidan 7 nafar shaxslarga “Qamoqqa olish” ehtiyot chorasi qoʼllanildi
Xalqimiz birovning hamyoniga qoʼl solib egasiga bildirmay ichidagini oʼgʼirlab ketadigan kimsalarni kissavurlar deyishadi.
Аfsuski, ular bugun ham oramizda yoʼq emas.
Аtrofidagilarga oʼziga ishonganday ishonadigan yoki oʼz mulkining ehtiyotini qilmagan odamlar kissavurlar nishoniga aylanib qoladilar.
Joriy yilning 15 mart kuniga qadar Fargʼona va Qoʼqon shaharlaridagi aholi gavjum joylarda telefon apparatlarini oʼgʼirlash bilan bogʼliq bir nechta jinoyatlar sodir etilgan.
Bulardan 15 ta holatda jinoyat sodir etgan shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan javobgarlik muqararligi taʼminlangan. Birgina mart oyining oʼzida shu turdagi jinoyat sodir etgan shaxslarning 7 nafariga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.
Shu oʼrinda eslatib oʼtmoqchimiz.
Oʼgʼirlik, jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qoʼl yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik) uchun javobgarlik Jinoyat kodeksining 169-moddasi
2-qismi “a” bandida koʼrsatilgan boʼlib, ushbu jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yohud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilishgacha boʼlgan jazo qoʼllanilishi belgilab qoʼyilgan.
Mana shunday kissavurlikni “Kasb” qilgan ayrim kimsalar bu “Kasb” bilan uzoqqa borolmaydi. Bir marta kimningdir hamyonini “shilib” huzurlangan boʼlishi mumkin, lekin bu illatning oxiri muqarrar javobgarlikka olib boradi.
Jinoyatga javobgarlik muqarrar.
Ogoh boʼling!
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati