24 Yanvar 2022 yil
381
Fargʻona viloyatida firibgarlik jinoyatini sodir etib, tergovdan yashiringan shaxslar qoʻlga tushdi
23-yanvar kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.D.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB YHXB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oltiariq tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan U.S.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati