28 Fevral 2022 yil 388

Fargʻona viloyatida adolatdan yashiringan shaxslar qoʻlga olinidi

27-fevral kuni Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB 1-otryad xodimlari xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan D.O.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB YHXB 1-otryad 4-guruh xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan B.O.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan I.T.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech