Fargʻona viloyatida adolatdan yashiringan 3 nafar shaxslar qoʻlga olindi
21-dekabr kuni Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismida (talonchilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan D.T ismli ayolni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Oʻzbekiston tumani IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismida (qasddan badanga oʻrtacha ogʻir shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan M.U.ni qoʻlga olishdi.
Bundan tashqari, Quvasoy shahar IIB MvaFRB va JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan S.B.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati