5 Mart 2022 yil 416

Fargʻona viloyatida adolatdan yashiringan 2 nafar shaxs qoʻlga olindi

05.03.2022-yil kuni Quvasoy shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan X.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Oltiariq tumani IIB JQB xodimlari IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan S.N.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech