12 Iyun 2023 yil 261

Fargʻona viloyatida 4 nafar qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB 1-Mintaqaviy hudud xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (Firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan Sh.D ismli ayolni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB 2-mintaqaviy hudud xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (Oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan M.J.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Fargʻona viloyati IIB YHXB maxsus otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (Oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan S.F.ni qoʻlga olishdi.

Hamda Bagʻdod tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (Firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan I.R.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech