19 Mart 2022 yil 411

Fargʻona viloyatida 3 nafar qidiruvdagi shaxslar qoʻlga tushdi

21-mart kuni Fargʻona viloyati IIB 1-Mintaqaviy hudud PPX 1-batalon 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.K.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Margʻilon shahar IIB JQB va HPB xodimlari Jinoyat kodeksining 140-moddasi 1-qismida (haqorat qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan Yu.S.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Qoʻshtepa tumani IIB JQB va HPB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan A.A.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech