24 Iyun 2023 yil 524

Fargʻona viloyatida 3 nafar qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

Fargʻona viloyati IIB PPXvaJTSB 1-Mintaqaviy hudud 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (Firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan A.D.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB TQX “Qidiruv boʻlimi” xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan M.E.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston tumani IIB YHXB va JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan X.J.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech