15 Aprel 2023 yil 353

Fargʼona viloyatida 2 nafar qidiruvdagi shaxslar qoʼlga tushdi

Fargʼona shahar IIO FMB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʼgʼirlik) koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʼona shahar IIO FMB tomonidan qidiruv eʼlon qilingan H.Z.ni qoʼlga olishdi.

Shuningdek, Fargʼona viloyati IIB PPXvaJTSB 1-mintaqaviy xudud 3-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 105-moddasi 1-qismida (qasddan badanga oʼrtacha ogʼir shikast yetkazish) koʼrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv eʼlon qilingan J.Sh.ni qoʼlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror maʼlumotga ega boʼlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʼlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi taʼminlanadi.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech