27 May 2023 yil 371

Fargʻona viloyatida 2 nafar qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

Fargʻona viloyati YHXB 1-mintaqaviy xudud 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (Firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Buvayda tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan M.B.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech