14 Mart 2023 yil 434

Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida ijtimoiy-maʻnaviy muhit barqarorligini taʻminlash, aholi o'rtasida radikallashuvni oldini olish bo'yicha olib borilgan profilaktik tadbirlar

Joriy yilning 13 mart kuni Qo'qon shahar Turon madaniyat markazi majlislar zalida shahardagi xalq taʻlimi tizimi xodimlari, umumtaʻlim maktabi direktorlari, ularning maʻnaviy-maʻrifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari, amaliyotchi-psixologlar, tibbiyot xodimlar ishtirokida profilaktik tadbir o'tkazildi.

Bundan tashqari, shahardagi 33 maktab majlislar zalida “A.Navoiy” va “Saodat” mahalla fuqarolari yig'inida istiqomat qilib, faol diniy hayot kechiruvchi aholi vakillari ishtirokida profilaktik tadbir tashkil qilindi. Tadbir davomida “Ogoh bo'ling!” hamda “O'z bolangni o'zing asra!” nomli videofilm namoyish qilinib, tadbir yakunida videofilmlar yuzasidan xulosa va takliflar eshitildi.

Shuningdek, Farg'ona viloyati IIB TQKB xodimlari bilan hamkorlikda madaniyat markazida Din ishlar bo'yicha qo'mita, Respublika maʻnaviyat va maʻrifat markazi bo'limi, diniy soha va jamoatchilik vakillari hamkorligida gaz, kadastr hamda elektr taʻminoti korxonasi xodimlari ishtirokida suhbat o'tkazildi.

Maʻruzada «Jaholatga qarshi maʻrifat» tamoyili asosida Xalqimizni mojaroli urush kechayotgan davlatning ishlariga aralashmaslik, ijtimoiy tarmoqlarda ekstremistik va terroristik tashkilot deb topilgan profil, kanal va sahifalaridan foydalanmaslik, yoshlarni buzg'unchi hamda yot g'oyalar taʻsiridan asrash, din niqobi ostidagi vayronakor g'oya yo'lida noto'g'ri talqin qilinayotgan islomiy tushunchalar hamda taxdidlardan himoyalanish borasida batafsil maʻlumot berildi.

Ana shunday tadbirlar joylarda davom etmoqda.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech