Fargʻona viloyati prokuraturasida Davlatimiz rahbarining 2021-yil 29-noyabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazmun–mohiyatini oʻrganish va amaliyotda tatbiq etish masalalariga bagʻishlangan oʻquv seminari boʻlib oʻtdi.
Viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov rahbarligida oʻtkazilgan ushbu tadbirda viloyat IIB boshligʻi Doniyor Tashxodjayev, viloyat prokuraturasi organlari xodimlari, ichki ishlar, Milliy gvardiya va boshqa sohaga aloqador idoralarning tuzilmalari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Dastlab, viloyat prokurori tomonidan Farmonning bugungi kundagi ahamiyati va mas’ul idoralar oldida turgan vazifalar haqida qisqacha tushunchilar berildi.
Shundan soʻng, viloyat prokuraturasi xodimlari tomonidan seminar qatnashchilariga qayd qilingan Farmon bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi, 2021–2025-yillarda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi hamda uni amalga oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi”ning mazmun va mohiyati koʻrgazmali taqdimot orqali batafsil tushuntirib berildi.
Oʻquv seminari davomida ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.