11 Oktyabr 2021 yil 246

Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari 2 nafar qidiruvdagi shaxslarni qoʻlga oldi

10.10.2021-yil kuni Fargʻona viloyati JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan E.B.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan K.E.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech