30 Yanvar 2023 yil 272

Fargʻona viloyati IIBda navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi boʻlib oʻtdi

Fargʻona viloyati IIBda oʻtkazilgan navbatdagi ma’naviyat va ma’rifat darsi xodimlarning bilim saviyasini yuksaltirishga hamda kasbiy mahoratini oshirishga xizmat qildi

Fargʻona davlat universiteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi dotsenti Bekzod Iminovning “Jadidlar jasorati – millatimiz faxri” mavzusida ma’ruzasi orqali buyuk ajdodlarimizning vatanparvarlik yoʻlidagi jasorati, qilgan xayrli ishlari yodga olindi.

Joriy yilning 20-yanvar kuni qabul qilingan “Ichki ishlar organlarini xalqchil tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori mazmun-mohiyati mashgʻulot davomida xodimlarga yana bir bor tushuntirildi.

Ushbu qaror bilan qabul qilingan "Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi" boʻyicha maxsus videorolik ham namoyish etiladi.

Xodimlarning xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilishlari boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech