13 Mart 2023 yil 417

Farg'ona viloyati IIBda navbatdagi maʻnaviyat va maʻrifat darsi ko'tarinki ruhda o'tkazildi

Farg'ona viloyati ichki ishlar boshqarma shaxsiy tarkibi ishtirokida o'tkazilgan navbatdagi maʻnaviyat va maʻrifat darsi taassurotlarga boy tarzda kechdi.

Farg'ona davlat universiteti ijtimoiy ish kafedrasi katta o'qituvchisi O'tkirbek Rajabovning “Korrupsiyaga qarshi kurashish – taraqqiyot kafolati” mavzusida maʻruzasi mashg'ulot ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Maʻruzada korrupsiya illatining huquqiy oqibatlari, jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʻsiri aniq misollar yordamida ochib berildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi PQ-10-sonli Qarori mazmun-mohiyati yana bir bor shaxsiy tarkibga etkazilib, qarorning ahamiyatli jihatlari, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar, odob axloq va kasb normalari to'g'risida atroflicha maʻlumot berildi.

Tadbir yakunida taqdirlash marosimi ham o'tkazildi.

Jumladan, joriy yilning 10-11 mart kunlari Farg'ona viloyati “Dinamo” jismoniy tarbiya va sport jamiyati kengashining 2023 yilgi taqvim rejasiga asosan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlari terma jamoalari o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha “Dinamo” birinchiligi musobaqasi o'tkazilgan edi.

Ushbu nufuzli musobaqada Farg'ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi terma jamoasi faxrli ikkinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lib, shu kuni boshqarma rahbariyati tomonidan g'olib sportchilar munosib rag'batlantirildi.

Bundan tashqari, davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan taqdirlangan xodimlarga ham mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech