Fargʻona viloyati IIBda bayram oldi saf koʻrigi boʻlib oʻtdi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Yangi yil” va “Prezident archasi” bayram tadbirlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davrida xavfsizlikni ta’minlash va jamoat tartibini saqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi farmoyishi va tegishli koʻrsatmalari ijrosini ta’minlash maqsadida Fargʻona viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati tomnidan bayramoldi saf koʻrigi oʻtkazildi.
Saf koʻrik davomida xodimlarning tashqi koʻrinishi, xizmat kiyimini kiyiish tartib-qoidalariga rioya qilinishi, doimiy ravishda yonida boʻladigan anjomlar va xizmat guvohnomasining talab darajasida ekanligi hamda saf tayyorgarligi boʻyicha amaliy koʻnikmalarning qay darajada shakllanganligiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Saf Nizomining ayrim mashqlari bajarildi.
Bundan tashqari, shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomi va qonunchilikka toʻliq rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala boʻlish borasida yoʻriqnomalar oʻtkazilib, zarur tavsiyalar berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati