7 Mart 2020 yil 1030

Fargʼona viloyati IIB Yoʼl harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan ayollarga bayram sovgʼalari va gullar ulashildi.

   Erta tongdan boshlangan bu oʼziga xos tadbirning maqsadi goʼzal va latofatli opa-singilllarimizning koʼngliga bahoriy iliqlik, bayramona shukuh olib kirishga qaratildi.
– Soʼlim bahor faslining goʼzal bayramlaridan biri boʼlmish 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan siz, aziz ayol-qizlarimizni chin qalbimizdan tabriklaymiz. Yoʼlingiz behatar boʼlsin.            Farzandlaringiz va yaqinlaringiz baxtiga salomat boʼling, –deya yoʼl harakati inspektorlari ayol haydovchilarga gullar tuxfa etishdi.
Har bir xonadonda baxt, tinchlik-totuvlik, hotirjamlik hukmron boʼlishida, aziz ayollarning oʼrni katta. Ular oʼz xonadonining farishtasi va bekasi, sevimli va vafodor yor, mehribon ona.
Tadbir doirasida nafaqat ayol haydovchilar, balki oʼz yumushlari bilan koʼchaga otlangan, yurtimiz obodligiga xissa qoʼshayotgan xotin-qizlar ham eʼtibordan chetta qolmadi.
    Bir soʼz bilan aytganda, yoʼlda uchragan har bir bayram qahramoniga gullar tutildi.
    Nazokatli ayol-qizlarimiz doim yaqinlaringiz ardogʼida boʼling!
    Yana bir bor bayram muborak boʼlsin aziz ayollar, opa-singillar!

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech