22 Avgust 2022 yil 411

Fargʻona viloyati IIB YHXB xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi

Fargʻona viloyati IIB YHXB Ikkinchi mintaqaviy hudud xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Uchkoʻprik tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan D.R.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech