17 Sentyabr 2022 yil 434

Fargʻona viloyati IIB xodimlari qidiruvdagi shaxslarni qoʻlga olishdi

Fargʻona viloyati IIB JQB Qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan N.B.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB Giyohvandlikka qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan N.M.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech