30 Yanvar 2023 yil
381
Fargʻona viloyati IIB xodimlari qidiruvdagi shaxsni qoʻlga olishdi
Fargʻona viloyati IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati