9 Aprel 2022 yil 1464

Fargʻona viloyati IIB tomonidan “Ma’naviyat oyligi” doirasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda

Xabaringiz bor joriy yilning 02-aprel kunidan 02-may kuniga qadar ichki ishlar organlarida “Ma’naviyat oyligi” deb e’lon qilingan. Ushbu oylik doirasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz! shiori ostida oʻtkazilmoqda.

Oylik doirasida viloyati IIBda, Margʻilon shahar, Quva, Yozyovon, Bagʻdod, Oltiariq va Furqat tumani IIBlarida “Zakovat” intellektual oʻyinlari va “Zukko kitobxon” koʻrik tanlovlari oʻtkazildi. Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan xodimlar IIB rahbariyati tomnidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi IIV Fargʻona Akademik littseyi Buvayda, Quva, Bagʻdod tumanlarida kitobxonlik haftaligi, Qoʻqon shahar IIBda tarixiy qadamjoylar va muzeylarga sayohatlar tashkil etildi.

“Ma’naviyat oyligi” doirasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech