10 Mart 2020 yil 669

Fargʼona viloyati IIB tomonidan “Eng faol sohaviy xizmat xodimi” koʼrik tanlovini muntazam oʼtkazib borish yoʼlga qoʼyildi

     Soha vakillarining siyosiy va huquqiy ongini hamda maʼnaviy dunyoqarashini muntazam ravishda oshirib borish bugungi davr talabi.

     Shunga koʼra, Fargʼona viloyati IIBning tergov, jinoyat-qidiruv, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʼl harakati xavfsizligi hamda patrulь-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmalari va ularning quyi boʼlinmalari xodimlari oʼrtasida qator nominatsiyalar boʼyicha “Eng faol sohaviy xizmat xodimi” koʼrik tanlovi oʼtkazilishi belgilandi.

     Koʼrik tanlov nizomiga koʼra, gʼoliblar, har chorak yakuni boʼyicha   jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olishda kasbiy, jangovar va jismoniy tayyorgarligi yuqori, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarishda namuna boʼlayotgan xodimlar orasidan saralab olinadi.

     Barcha nominatsiyalar boʼyicha yuqori natijalarga erishgan xodimlarga viloyat IIB rahbariyati tomonidan diplom, pul mukofoti va qimmatbaho sovgʼalar taqdim etiladi.

     Tanlov haqida ommaviy axborot vositalari orqali muntazam xabar berib borimiz.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech