Fargʻona viloyati IIB rahbariyati tomonidan hududlarda jinoyatchilikni oldini olish va profilaktikasi yuzasidan xodimlar ishtirokida oʻquv-amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Oʻtkazilayotgan tadbirlarda, Respublika idoralararo ishchi guruhining Fargʻonada olib borgan oʻrganishlari yakunida berilgan topshiriqlarning ijrosi, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, bunda tergov amaliyoti samaradorligini yanada kuchaytirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar oʻrganilmoqda.
Ana shunday tadbirlar viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosarlari polkovnik I.Tillayev hamda polkovnik M.Sattarovlar ishtirokida Dangʻara, Buvayda va Uchkoʻprik tumanlarida oʻtkazilib, hududlardagi jinoyatchilikning bugungi ahvoli va unga sharoit yaratib bergan omillar taxlil qildi.
Tadbirlarda, huquqbuzarliklarni oldini olishda oilabay, mahallabay ishlash va fuqarolar ongida huquqiy madaniyatni yanada oshirish yuzasidan zarur tavfsiyalar berildi. Har bir qonunbuzilish holatiga murosasiz munosabatda boʻlish, fuqarolarning huquq va erkinliklarni ishonchli himoya qilishda har bir hodim mas’uliyatli boʻlishi kerakligi tushuntirildi.
Tadbirlar davomida “E” material dasturiy ta’minotidan kelib tushgan har bir xabar va hodisalar asosida tergovga qadar tekshiruvni yurtish tartib qoidalari tushuntirilib, tergovga qadar tekshiruvni yuritishda viloyatda yagona amaliyotni joriy qilish maqsadida protsessual hujjat namunalari ishlab chiqilganligi, ushbu protsessual hujjatlarni afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi.
Tadbirlar joylarda davom etmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.