Fargʻona viloyati IIB rahbariyati ishtirokida joylarda jinoyatchilikning oldini olish va profilaktik ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan oʻquv-amaliy tadbirlari davom etmoqda
Viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosarlari, polkovnik I.Tillayev hamda polkovnik M.Sattarovlar ishtirokidagi ana shunday tadbirlar Qoʻqon shahri va Bagʻdod tumanlarida oʻtkazildi.
Uchrashuvlarda joylarda sodir etilayotgan jinoyat va huquqbuzarliklarning ahvoli unga sharoit yaratib bergan omillar tahlil qilindi. Mahallalarda kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlashda oʻzaro hamkorlini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, mahalla faollari, keng jamoatchilikda har qanday voqea-hodisaga daxldorlik hissini kuchaytirish, bunda ayniqsa profilaktika inspektorlarining fuqarolar oldidagi mas’uliyati yanada oshirish kerakligi tushuntirildi.
Aksariyat jinoyatlar tunda sodir etiladi. Joylardagi profilaktika xizmatlari tomonidan tungi xizmatlarni tizimli tashkil etish, jinoyat qilishga moyil shaxslar bilan ishlash orqali huududlarda jinoyatlar salmogʻini kamaytirish mumkinligi ta’kidlandi.
Eng asosiysi profilaktika inspektorini hududidagi har bir fuqaro tanisin. Bu esa, voqea-xodisa, yoki muammolarga oʻz vaqtida qonuniy yechim topishiga, fuqarolarning murojaatlarini shu yerning oʻzida hal etishga imkon yaratadi. Tadbirda aytilganidek, profilaktika inspektori xonadonma-xonadon yurib fuqarolarga oʻzini tanishtirib, bogʻlanish uchun telefon raqamlarini qoldiradi.
Shuningdek tadbirlarda Respublika idoralararo ishchi guruhining Fargʻonada olib borgan oʻrganishlari yakuni boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosi ham oʻrganildi. Har bir xodim oʻziga yuklatilgan vazifani ichiga kirib, tahlil qilib, ishlashi kerakligi tushuntirildi.
Tadbir davomida tergov amaliyoti samaradorligini yanada kuchaytirish boʻyicha takliflar oʻrtaga tashlanib, bajarilgan ishlar koʻrib chiqildi. “Ye” material dasturiy ta’minotidan kelib tushgan har bir xabar va hodisalar asosida tergovga qadar tekshiruvni yuritish tartib qoidalari, tergovga qadar tekshiruvni yuritishda viloyatda yagona amaliyotni joriy qilish maqsadida protsessual hujjat namunalari ishlab chiqilganligi, ushbu protsessual hujjatlarning afzalliklari haqida ma’lumotlar berildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati