11 Noyabr 2022 yil 475

Fargʻona viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning oʻtgan 10 oyida koʻplab proflaktik tadbirlar amalga oshirildi

Ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolarga hukm qilingan shaxslarning jazolari oʻtashini tashkil etish, shartli hukm qilinganlar ustidan nazoratni amalga oshirish Fargʻona viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi xodimlari tizimli ishlarni amalga oshirmoqdalar.

Jumladan, nazoratdagi shaxslar tomonidan qayta jinoyatlar sodir etilishining oldini olish va ularning hulqi ustidan nazoratni amalga oshirish, ijtimoiy hayotga moslashtirish maqsadida Fargʻona viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi, jinoyat ishlari boʻyich viloyat sudi, ichki ishlar boshqarmasi, bandlik bosh boshqarmasi, sogʻliqni saqlash boshqarmasi va Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda qoʻshma qaror ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi.

Oʻtgan davrda tayinlangan jazoni oʻtash tartib qoidalariga toʻliq rioya qilgan 2.407 nafar nazoratdagi shaxslar jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod etildi.

Nazorat ostidagilardan 3.163 nafarining ishga joylashishida, 985 nafarining sogʻligʻini tiklashida, 980 nafarining moddiy yordam olishida, 22 nafarining oʻqishga kirishida, 10 nafarining iste’mol kreditlari olishida, 771 nafariga maishiy masalalarda, 1.333 nafariga boshqa masalalarda amaliy jihatdan yordam koʻrsatildi.

Oʻtgan davr mobaynida probatsiya xizmatining bevosita tashabbusi bilan 111 marotaba mehnat yarmarkalari tashkil etildi. Bu yarmarkalarda probatsiya nazoratida turgan 1.936 nafar shaxslar ishtirok etib, 605 nafarining bandligi ta’minlandi. Bundan tashqari, mehnat yarmarkalari orqali nazoratdagi shaxslarning 21 nafar oila a’zolari ham ishli boʻldilar.

Shuningdek, 10 oy davomida 198 marotaba sayyor sudlar tashkil etilib, 320 ta jazo turini boshqa jazoga almashtirish va 1.614 ta jazodan muddatidan ilgari shartli ozod qilish masalalarida taqdimnomalar kiritildi. Taqdimnomalarning 1.899 tasi qanoatlantirildi.

Muayyan kasbga ega boʻlmagan 54 nafar nazoratdagi shaxslar qayta kasb boʻyicha oʻquv kusrlariga yoʻnaltirildi.

Mahallalarda, korxona-tashkilotlarda, ta’lim muassasalarida huquqiy targʻibot tadbirlari, uchrashuv va davra suhbatlari oʻtkazildi.

Bu kabi amaliy chora-tadbirlarning barchasi probatsiya hisobida turgan shaxslarni qayta tarbiyalashga, ular oʻrtasida takroran jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishga xizmat qildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech