7 Oktyabr 2021 yil 408

Fargʻona viloyati IIB PPXva JTSB xodimlari tomonidan Bagʻdod tumani hududida reyd tadbirlari oʻtkazildi

Tadbir davomida viloyati IIB PPXvaJTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash boʻlinmasi va veterinariya xodimlari goʻsht savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarning veterinariya-sanitariya qoidalariga amal qilishlari, chorva hayvonlarini maxsus qushxonalarda soʻyish va veterinariya ma’lumotnomalarini olgan holatda sotishlari boʻyicha tushuntirish ishlari olib bordilar.

Bagʻdod tumani markaziy dehqon bozorida goʻsht va goʻsht mahsulotlari bilan savdo qiluvchi ayrim fuqarolar tomonidan savdoga olib chiqilgan goʻsht va goʻsht mahsulotlari vetetinariya mutaxassisining xulosasiga asosan iste’molga yaroqsiz deb topilib, 78 kg ana shunday mahsulotlar savdodan olinib, xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzildi.

Har bir monitoring oʻtkazilgan goʻsht savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlarga karantin qoidalariga qatiy amal qilgan holda savdo qilish lozimligi yana bir bor tushuntirildi.

Fargʻona viloyati Axborot xizmati

Text to speech