18 Mart 2020 yil 989

Fargʼona viloyati IIB Patrul-post xizmatida foydalanish uchun skuterlar keltirildi

  Аvvalroq Fargʼona, Qoʼqon va Margʼilon shaharlari hududlarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar osoyishtaligini taʼminlash maqsadida koʼp qavatli turar joylar joylashgan hududlarda motopatrulь yoʼnalishlari tashkil etilishi haqida xabar bergan edik.
   2020 yil 18 mart kuni viloyat IIB Patrul-post xizmati uchun 6 ta zamonaviy skuterlar olib kelindi.
 Hozirda skuterlar sinovdan oʼtkazilib, ulardan foydalanish, texnik imkoniyatlarini oʼrganish boʼyicha xodimlar ishtirokida oʼquv mashgʼulotlari tashkil etilib, amaliy koʼnikmalari shakllantirilmoqda.
   Yoqilgʼi tejamkor, ixcham skuterlar xizmat avtomobillari harakatlanishi noqulay boʼlgan joylarga tez yetib borishda xodimlarga qulaylik yaratadi.
   Tez orada ushbu texnikalar Fargʼona va Qoʼqon shaharlaridagi motopatrulь yoʼnalishlarida foydalanish koʼzda tutilmoqda.
  Аlbatta, yangi texnikalarning xizmatga chiqarilishi mazkur hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlash va jamoat tartibini  saqlashga katta hissa qoʼshadi.
   Kelgusida yangi tashkil etilayotgan motopatrul yoʼnalishlari faoliyati xususida qoʼshimcha maʼlumot beriladi.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech