Fargʼona viloyati IIB Patrul-post xizmati tarkibida motopatrulь yoʼnalishlari tashkil etilishi mumkin
Zamonaviy ichki ishlar tizimi har qanday vaziyat va sharoitda eng soʼnggi rusumdagi texnikalar koʼmagiga ehtiyoj sezadi. Bu borada Fargʼona viloyati IIB tomonidan maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Fargʼona, Qoʼqon va Margʼilon shaharlari hududidagi jamoat tartibiini saqlash, fuqarolar tinchligini taʼminlash maqsadida piyoda va avtopatrul smenalik xizmatlari tashkil etilgan. Bu esa, oʼzining samarali natijasini bermoqda.
Endilikda, mazkur hududlarda joylashgan koʼp qavatli turar joy oraligʼida, motopatrul yoʼnalishlarini ham tashkil etish koʼzda tutilmoqda.
Patrul-post xodimlarini skuterda xizmatga jalb etish ularga bir qator qulaylik va imkoniyatlar yaratib, xizmat samaradorligini oshiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, PPXning bir nechta yoʼnalishlarida motopatrul xizmatini tashkil etish maqsadida Fargʼona viloyatiga 34 dona skuter olib kelinib, xizmatda foydalanish rejalashtirilmoqda.
Аlbatta, yangi texnikalarning xizmatga chiqarilishi mazkur hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt olidini olishga, fuqarolarning osoyishtaligini taʼminlashga, jamoat tartibini saqlashga katta hissa boʼlib qoʼshiladi.
Mazkur xizmatlarning yoʼlga qoʼyilishi bilan bogʼliq yangiliklar haqida yana xabar beramiz
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati