14 Noyabr 2022 yil 778

Fargʻona viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan aholiga munosib xizmat koʻrsatilmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasida identifikatsiya ИД-kartalarini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6065-sonli Farmoni talablari ijrosini ta’minlash maqsadida Fargʻona viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan bir qator amaliy chora-tadbirlar amalga oshirib borilmoqda.

Jumladan, joriy yilning oʻtgan 10 oyi davomida viloyat miqyosida jami 91572 nafar fuqarolarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartasi rasmiylashtirilib berildi.

Aholiga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida keksalar, nogironlar yoki boshqa sabablarga koʻra boʻlimga kelib murojaat qilish imkoniyati cheklangan fuqarolarning yashash xonadonlariga borib, planshet qurilmasi manzilli xizmat koʻrsatish muntazam ravishda yoʻlga qoʻyilgan.

Misol uchun, Fargʻona shahar IIO FMB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi mas’ul xodimlari Saxovat nogironligi boʻlgan bolalar uyiga borib, tarbiyalanuvchilarga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiyalovchi ID-kartalarini shu joyning oʻzida rasmiylashtirib berishdi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech