Fargʻona viloyati IIB Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan “Biz kiberjinoyatchilikka qarshimiz» mаvzusida huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi
Fargʻona viloyatidagi oliy va oʻrta-maxsus ta’lim muassasalarida viloyati IIB Kiberxavfsizlik boʻlimi xodimlari tomonidan “Biz kiberjinoyatchilikka qarshimiz!” shiori ostida bir necha targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻtkazildi.
Masalan, IIV Fargʻona akademik litseyi oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirda boʻlim xodimlari tomonidan kiberjinoyatlarning turlari va ularni sodir etilishiga yoʻl qoʻyib kelayotgan sabab va shart-sharoitlar haqida atroflicha tushuncha berildi.
Fargʻona Davlat universiteti oʻqituvchi va talabalari ishtirokida tashkil etilgan davra suhbatida esa “Kiberjinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish” mavzusida ma’ruza qilinib, yoshlar ogohlikka chaqirildi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.