Fargʻona viloyati IIB JJX PPX xodimlari tomonidan pirotexnika vositalari savdosiga chek qoʻyilmoqda
Shu kunlarda Yangi yil bayramini tinch va osoyshta oʻtkazish, jamoat xavfsizligini ishonchli ta’minlash maqsadida viloyat IIB JJX PPX xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarini aniqlashga qaratilgan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda.
Jumladan, Birinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi 1-guruh xodimlari tomonidan Margʻilon shahar markazida shubhali koʻringan Namangan viloyati Chust tumani Rezaksoy MFYda yashovchi 2004-yilda tugʻilgan I.J toʻxtatib koʻzdan kechirilganda, 1650 dona “Britanik” nomli, taxminiy narxi 150.000 soʻmlik pirotexnika vositalarini olib ketayotganligi aniqlandi.
Aslida Bagʻdod tumani Konizar MFYda yashovchi 2004-yilda tugʻilgan M. M. ismli oʻspirin ham Margʻilon shahrida 1650 dona “Britanik” nomli, taxminiy narxi 150.000 soʻmlik pirotexnika vositalarini olib ketayotgan vaqtda ushlanib, xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirildi.
Dangʻara tumani Kichikboyvachcha MFYda yashovchi 2004-yilda tugʻilgan N. S. 550 dona, Oʻzbekiston tumani Konizar MFY da 2004-yilda tugʻilgan M.I esa 9350 dona “Britanik”, 6 dona “Zolotoy pesok” nomli pirotexnika vositalarini olib ketayotganida toʻxtatib qolindi.
Ikkinchi mintaqaviy hudud PPX otryadi 2-guruh xodimlari esa Qoʻqon shahar Muqimiy shaharchasida yashovchi 2010-yilda tugʻilgan A.B. ni toʻxtatib, koʻzdan keshirishganida jami 550 dona “Novyy vek” pirotexnika vositasini olib yurganligi ma’lum boʻldi.
Bu kabi profilaktik reyd tadbirlari davom etmoqda.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.