Fargʻona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida viloyat sudi sudyalari, viloyat prokuraturasi xodimlari va advokatlar ishtirokida oʻquv seminari tashkil etildi
Videokonferens aloqa shaklida oʻtkazilgan seminarda, sudlar tomonidan chiqarilgan oqlov hukmlar va ajrimlar, dastlabki tergov vaqtida munozaraga sabab boʻlgan jinoyat ishlari muhokamasi, jinoyat qonunchiligiga kiritilgan aybiga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv hamda dastlabki eshituv institutlarini amaliyotda qoʻllash kabi mavzular kun tartibida boʻldi.
Seminar davomida Jinoyat ishlari boʻyicha Fargʻona viloyat sudi sudyalari tomonidan jinoyat ishlarini sudda koʻrish davomida dastlabki tergov organlari tomonidan yoʻl qoʻyilayotgan ayrim protsessual kamchiliklar, oqlov hukmlari va JPKning 417-416-moddalari tartibida ajrim chiqarilishiga sabab boʻlayotgan holatlar haqida toʻxtalib oʻtdilar.
Kelgusida yuqoridagi kabi xolatlarga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan oʻz tavsiyalarini berishdi. Munozaraga sabab boʻlgan jinoyat ishlari boʻyicha oʻzaro fikr almashildi. Oʻzaro savol-javoblar esa, oʻquv seminari ishtirokchilari uchun har tamonlama foydali boʻldi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati