28 Sentyabr 2021 yil 686

Fargʻona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida tergov xodimlari uchun navbatdagi oʻquv seminari oʻtkazildi

Videokonferensiya orqali tashkil etilgan seminarda viloyat IIB huzuridagi tergov boshqarmasi rahbariyati, Fargʻona viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudyalari hamda hududiy IIO tergov boʻlinmalari tergovchi va surishtiruvchilari ishtirok etdilar.

Oʻquv seminari davomida sudyalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi toʻgʻrisida”gi, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, hamda “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga boʻlgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonlari mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining “Bir necha jinoyat sodir etilganda qilmishni kvalifikatsiya qilishga doir masalalar toʻgʻrisida”gi Qarori, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga kiritilgan soʻngi oʻzgartish va qoʻshimchalarni mazmun-mohiyati, amaliyotda qoʻllanilishi hamda qonunni qoʻllashda tergov organlari oldida turgan muhim vazifalar ishtirokchilarga yetkazildi.

Seminar yakunida kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan hamkorlikdagi chora-tadbirlar tahlil etilib, ustivor vazifalar berlgilab olindi.

Fargʻona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech