28 Aprel 2022 yil
405
Fargʻona viloyati IIB HPB va JQB xodimlari qidiruvdagi shaxslarni qoʻlga olishdi
27-aprel kuni Fargʻona viloyati IIB HPB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan S.B.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismida (tovlamachilik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan S.N.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati